QUVONCHLI XABAR!!!
Bugun, 11-aprel kuni Talabalar teatr studiyalari festivalining tuman bosqichida Toshkent moliya instituti tomonidan sahnalashtirilgan “Oltin devor” spektakli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, shahar bosqichiga yoʻllanma oldi.
Ushbu festivalda institutimizning “Moliyachi” jamoasi Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va Toshkent davlat Pedagogika universitetlari bilan bellashdi.
![]() |
|
Fursatdan foydalanib “Soliqlar va sugʻurta” fakultetining barcha ahil jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz! Omad sizu-bizlarga hamisha yor boʻlsin!